← Barcha tadbirlar
Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi — III saralash turi
event15.04.2026
location_onMaktab kompyuter sinflari
Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasiga saralash bosqichining III turi yuqori saviyada, aynan bizning maktabimizda tashkil etildi.
Ushbu nufuzli saralash jarayonida hududning iqtidorli o‘quvchilari jamlanib, sun’iy intellekt yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar turli murakkab masalalar va amaliy topshiriqlar orqali o‘z salohiyatlarini namoyon etishdi.
Maktabimiz o‘quvchilari ham faol qatnashib, nafaqat bilim, balki mantiqiy fikrlash va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash borasida iqtidorlarini namoyish etdilar.