← Barcha tadbirlar
Swipies AI platformasi yaratuvchisi bilan uchrashuv
event24.09.2026
location_onMaktab binosi
Maktabimizda maktab maslahatchisi F. Qodirova boshchiligida zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvning faxrli mehmoni — Swipies AI platformasi yaratuvchisi Albakiyev Sardorbek Otabek o‘g‘li bo‘ldi. Mehmon IT va sun’iy intellekt sohasidagi tajribasi, Swipies AI platformasining yaratilish jarayoni hamda zamonaviy texnologiyalarning imkoniyatlari haqida o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, samimiy va ochiq muloqotda faol ishtirok etdilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarni ilm-fan, IT va innovatsiyalar sari ilhomlantirib, ularda zamonaviy kasblarga qiziqishni oshiradi.