← Barcha tadbirlar

“Til — millat ko‘zgusi, ustoz — uning chirog‘i”: ustozlar diktanti

event19.10.2026 location_onMaktab sinfxonalari
“Til — millat ko‘zgusi, ustoz — uning chirog‘i”: ustozlar diktanti

Maktabimizda ona tilimizga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish, savodxonlikni mustahkamlash hamda ustozlarning yozma nutq madaniyatini rivojlantirish maqsadida barcha ustozlar ishtirokida “Til — millat ko‘zgusi, ustoz — uning chirog‘i” mavzusida diktant tashkil etildi.

Mazkur tadbir ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Burxonova Me’rojixon hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov tomonidan olib borildi.

Diktant jarayonida ustozlarimiz o‘zlarining imlo savodxonligi, yozma nutq madaniyati va ona tilimizga bo‘lgan e’tiborini namoyon etdilar.

Zero, til — millatning ma’naviy qiyofasi, tarixiy xotirasi va bebaho boyligidir. Ona tilini e’zozlash, uning sofligini asrash va kelajak avlodga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.

Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz, ustozlarimiz esa ma’rifat chiroqlaridir!

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.