← Barcha tadbirlar
Ustozlar uchun iliq suhbat va xushkayfiyat lahzalari
event07.10.2026
location_onMaktab binosi
Maktabimizda maktab psixologi S.Xamraboyeva tomonidan tashkil etilgan “Fito bar” burchagi ustozlarimiz uchun ham o‘ziga xos samimiy muloqot maskaniga aylandi.
Tanaffus vaqtida pedagoglarimiz “Fito bar”ga taklif etilib, ular uchun foydali ichimliklar tortiq qilindi. Shuningdek, ustozlar bilan samimiy muloqot va davra suhbati tashkil etilib, turli mavzularda fikr almashildi.
Bunday iliq uchrashuvlar jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash, ustozlarning kayfiyatini ko‘tarish va o‘zaro samimiy munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.