Vatan tayanchi harakati a’zolari qasamyod qabul qildi
Maktabimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi PQ-150-sonli qarori ijrosi doirasida Mudofaa vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Andijon viloyati Bobur shaharchasidagi “Vatanparvarlik” bog‘ida tashkil etilgan tadbirda Prezident maktabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Andijon filiali hamda Andijon shahridagi 28-maktabning 10-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan 20 nafardan o‘quvchi tantanali ravishda Vatanga sadoqat va fidoyilik va’dasini berdi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosarlari, “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari, Andijon garnizonidagi harbiy qismlar komandirlari, harbiy faxriylar kengashi a’zolari, baynalmilal jangchi faxriylar, “Jasorat maktabi” o‘quvchilari hamda ota-onalar ishtirok etdilar. Marosimda jami 1800 nafar o‘quvchi ishtirok etib, Vatanga muhabbat, yurt tinchligi va xalqimizga sadoqat tuyg‘ularini yana bir bor namoyon etdi.