← Barcha tadbirlar

Yangi o‘quvchilar va ota-onalar bilan tanishuv uchrashuvi

event21.08.2026 location_onMaktab yig‘ilishlar zali
Yangi o‘quvchilar va ota-onalar bilan tanishuv uchrashuvi

2026–2027-o‘quv yiliga qabul qilingan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida tanishuv va ota-onalar majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni maktab direktori R. Abduraximov hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov olib bordilar.

Yangi o‘quvchilar va ota-onalarga maktabning faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan imkoniyatlar hamda o‘quvchilarimizning fan olimpiadalari, xalqaro va milliy sertifikatlar, IELTS va SAT imtihonlaridagi yuqori natijalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, qabul qilingan o‘quvchilarning sinflar kesimidagi ro‘yxati e’lon qilinib, har bir o‘quvchining qaysi sinfga taqsimlangani ma’lum qilindi.

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.