← Barcha tadbirlar

“Yashil makon” — tabiatga mehr, kelajakka e’tibor!

event02.11.2026 location_onMaktab hududi
“Yashil makon” — tabiatga mehr, kelajakka e’tibor!

Maktabimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.

Ushbu ezgu tashabbus maktab direktori R. Abduraximov boshchiligida, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov hamda maktab psixologi S. Xamraboyeva ishtirokida amalga oshirildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar bilan birgalikda maktab hududiga turli manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Jarayonda o‘quvchilarga tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik madaniyatni shakllantirishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Zero, bugun ekilgan har bir nihol — ertangi kunimiz uchun toza havo, go‘zal tabiat va farovon kelajak demakdir! Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz!

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.