← Barcha tadbirlar
Kunni sog‘lom hayot tarzi bilan boshlaymiz
event12.10.2026
location_onMaktab sport maydoni
Maktabimizda yotoqxonada istiqomat qiluvchi o‘quvchilar ishtirokida ertalabki badan tarbiya mashg‘ulotlari ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar maktab direktori R. Abduraximov hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov boshchiligida o‘tkazildi.
Ertalabki jismoniy mashqlar o‘quvchilarning kunini tetiklik, quvnoqlik va ijobiy kayfiyat bilan boshlashiga xizmat qildi. Shuningdek, mashg‘ulotlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish va kun davomida yuqori samaradorlik bilan bilim olishga zamin yaratdi.
Sog‘lom tana — tiniq tafakkur, ko‘tarinki kayfiyat va ulkan marralar sari dadil qadam!