← Barcha tadbirlar
“Jadidlar tanlovi” e’lon qilindi
event25.09.2026
location_onMaktab kutubxonasi
O‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish va milliy ma’rifatparvarlik merosiga qiziqishini oshirish maqsadida maktabimizda “Jadidlar tanlovi” e’lon qilindi.
Maktab kutubxonachisi Z. Soliyeva o‘quvchilarga tanlovning mazmuni, unda ishtirok etish tartibi va qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, jadidchilik harakatining yorqin namoyandasi, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ijodi va xalq ma’rifati yo‘lidagi xizmatlari haqida so‘zlab berildi.
Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish, jadid bobolarimiz merosini chuqur o‘rganish va kitobxonlikka qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.