← Barcha tadbirlar

“Speech Time”: ustozlarga ehtirom

event28.09.2026 location_onMaktab maydonchasi
“Speech Time”: ustozlarga ehtirom

Maktabimizda navbatdagi “Speech Time” tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan tantanali ravishda boshlandi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Isajonov o‘quvchilarni yangi hafta boshlanishi bilan qutlab, ularga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, kirib kelayotgan 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ustozlarni muborakbod etdi.

Tadbirning ikkinchi qismida 11-sinf o‘quvchilari ustoz va shogird munosabatlarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishini namoyish etdi. Ustozlarning yoshlikdagi suratlari asosida sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan lavhalar ko‘rsatilib, o‘quvchilar ustozlarini tanishga harakat qildilar.

Tadbir so‘ngida barcha ustozlar sahnaga taklif etilib, o‘quvchilarga ezgu tilaklarini yo‘lladilar. O‘quvchilar esa aziz ustozlarini bayram bilan chin qalbdan tabriklab, ularga hurmat va minnatdorlik bildirdilar.

Fotolavha

Boshqa tadbirlar

smart_toy

AI yordamchi

Onlayn

Assalomu alaykum! Men maktabning AI yordamchisiman. Maktab va sayt haqidagi savollaringizga javob beraman.